...

Orqaga qaytish

Limon ozishga yordam beradimi?

Limon ozishga yordam beradimi?

🍋Ko‘pchilik limon sharbatini suvga qo‘shib ichish ozdiradi, deb o‘ylashadi. Aslida, bu yordam beradimi?

🥗Siz kamroq kaloriya isteʼmol qilasiz. Yarimta limon sharbatini suvga qo‘shilgan miqdori taxminan 6 kkal bo‘ladi. Bu suyuqlik choy, kefir, yogurt, apelsin sharbati yoki boshqa ichimliklardan sezilarli darajada kam. Albatta, toza suvdan tashqari.

💧Limon sharbatining bunday xususiyati suv tufaylidir. Suyuqlikni ko‘p isteʼmol qilish vaznni kamaytirish yordam berishi mumkinligini ko‘rsatadigan tadqiqotlar mavjud.

Bundan tashqari, suv haqiqatan ham metabolizmni va yog‘ to‘qimalarining parchalanishini tezlashtiradi. Shuning uchun suvning o‘zini isteʼmol qilsa ham bo‘ladi.

🍱Ovqatdan bir oz vaqt oldin 0,5 litr suyuqlik ichish odamlarning taxminan 13 foizga kam ovqatlanishiga olib kelishi isbotlangan. Limon suvi kamroq ovqatlanishga yordam beradi.

🍋Payqagan bo‘lsangiz, limonning ijobiy tomonlari suv bilan bog‘liq. Limonning o‘zi ozdirishga yordam berishi ilmiy isbotlanmagan.