...

Orqaga qaytish

“Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasining iyul oyi g‘oliblari aniqlandi

“Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasining iyul oyi g‘oliblari aniqlandi

Yurtdoshlarimiz orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiluvchi “Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasida iyul oyi yakunlariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, platformada O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan oshgan fuqarolari piyoda yurish va yugurish ilovasidan foydalanib, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishi hamda o‘zlariga tegishli mukofot pullarini qo‘lga kiritishlari mumkin.

Iyul oyida ham respublikamiz bo‘yicha tumanlar kesimida 203ta g‘olib aniqlandi. Afsuski, bu safar ham uchta tuman aholisi platformadan foydalanishmadi.

2021 yilning iyul oyi yakunlariga ko‘ra g‘oliblik yana Toshkent shahri vakiliga nasib etdi. Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi 34 yoshli Toirov Ulug‘bek Shomuhiddinovich o‘tgan oy davomida respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p, ya’ni 1 888 231 qadam bosib o‘tgan. U tuman va shahar bosqichlarida ham eng ko‘p yurgan inson sifatida umumiy miqdorda 1 mln. 800 ming so‘mdan ko‘proq mablag‘ga ega bo‘ldi.

Quyida joriy yil iyul oyida tumanlar, hududlar va Respublika kesimida g‘olib bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan tanishishingiz mumkin: