...

Orqaga qaytish

Salomatligingiz uchun oddiy  “stulcha” mashqi

Salomatligingiz uchun oddiy “stulcha” mashqi

Tayanch (shkaf, devor) ga orqa qilib 1-2 qadam masofada turing. Oyoqlaringizni bir-biridan 10-15 sm oraliqda joylashtiring. Qoʻllaringizni tana boʻylab uzating, ularni boʻshashtiring, kuraklar va dumba qism devorga mahkam biriktiriladi. Tana ogʻirligini gavdaning past sohasiga oʻtkazing, tizzalarni buking, tos-son qismni tizzalar darajasiga tushiring. 5-7 soniya davomida shu holatni ushlang, soʻng dastlabki holatga qayting. Mashqni 2-3 daqiqa davomida, son va dumba mushaklarining sezilarli qisqarishiga qadar bajaring.