...

Orqaga qaytish

Sekin ovqatlanish yordamida qanday ozish mumkin?

Sekin ovqatlanish yordamida qanday ozish mumkin?

To‘yish hissining shakllanishi ovqatni qabul qilish boshlanganidan kamida 20 daqiqa o‘tgach sodir bo‘ladi. Agar biz kam miqdordagi ovqatni mana shu 20 daqiqaga cho‘zsak, to‘yganlik hissini his qilish mumkin va bu ovqatlanishni vaqtida to‘xtashimizga turtki bo‘ladi. Ovqatni iloji boricha yaxshilab chaynash lozim. 

Agar ovqat tez isteʼmol qilinsa, oshqozon, to‘yish hissi kelmasdan turib, tez to‘lib qoladi. Keyingi qo‘shimcha ovqatdan so‘ng odam ortiqcha yeb qo‘yganini, kamroq meʼyorda yeyish ham mumkin ekanligini tushunib yetadi, lekin bu vaqtda kech bo‘ladi. Ovqatni tez isteʼmol qiladiganlarning vazni o‘rtacha ko‘rsatkichdan 4 kilogramm oshiq bo‘ladi.